Talabalarning bitiruv oldi amaliyoti samarali o‘tmoqda

Talabalarning bitiruv oldi amaliyoti samarali o‘tmoqda

 

2023-yil 28-aprel kuni “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi vakillari bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv oldi amaliyoti bilan yaqindan tanishish maqsadida “Kapital sug‘urta” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi.

 

Hozirgi kunda mazkur kompaniyada Soliqlar va sug‘urta fakulteti “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishining 4 nafar talabalari bitiruv oldi amaliyotini o‘tamoqda. Tashrif davomida kompaniya bosh direktori H.Bo‘rixo‘jaev talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun kompaniyada yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida institut vakillariga batafsil ma’lumot berdi.



 

Eng muhimi talabalarimizning 2 nafari bevosita “Kapital sug‘urta” aksiyadorlik jamiyatiga ishga qabul qilingan bo‘lib, ular institutni tamomlaganlaridan so‘ng o‘z tanlagan sohasi bo‘yicha munosib ish joyiga ega bo‘ladi.




 

“Kapital sug‘urta” kompaniyasi bosh direktori H.Bo‘rixo‘jaev Toshkent moliya instituti bilan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi va institut talabalari kompaniya eshiklari har doim ochiq ekanligini alohida ta’kidladi.

10:38 / 2023-05-02
Success helper
Success warning