9 aprel - Sohibqiron Amir Temur bobomizning tavallud topgan kunlari
Buyuk davlat arbobi, o'rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksalgan edi.
«Kuch – adolatdadir» shiori sohibqiron davlati hududida axloqiy va ma'naviy mezonga aylangan edi. Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand kurrai zaminda eng go'zal shahar sifatida chiroy ochdi. O'rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me'morlari to'plangan ushbu kentda jahon me'morchiligida yangi yo'nalish – Sharqona uslub paydo bo'ldi.
TMI axborot xizmati