Yoshlar masalalari bo’yicha kafedra xaftaligi
2020-yil 5-yanvar kuni, 3-sonli TTJda “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi professor-o’qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvi bo’yicha kafedra xaftaligi doirasida tadbir tashkil etdilar. Davra suhbatini “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi dotsenti Z.Sagdillayeva o’zining kirish so’zi bilan ochib berdi va nutqida quyidagilarni ta’kidlab o’tdi:
“Har bir davlat va jamiyat ravnaqi yosh avlodning kamoloti, intilishi, shijoati bilan uzviy bog’liq. Shu ma’noda, yurtimizda davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga, jumladan, ta’lim tizimi islohotlariga yo’naltirilayotgan sarmoyalar muntazam oshib borayotgani, ta’lim sohasidagi qonunlar va davlat dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdek dolzarb vazifalar muvaffaqiyatli bajarilayotgani alohida e’tirofga molikdir”.
Davra suhbati yakunida yig’ilgan talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.