Talabalarni kasbga yo’naltirish, ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminar-trening
Joriy yilning 6-oktabr kuni Toshkent moliya institutida “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Avtoyo’linvest” agentligi bilan hamkorlikda talabalarni kasbga yo’naltirish, ish bilan ta’minlash maqsadida seminar-trening bo’lib o’tdi.
Ushbu seminar-treningda Moliya fakultetining 4-kurs ingliz guruh talabalari qatnashdilar. Agentlik rahbari Isayev Asliddin tomonidan ushbu yo’nalishdagi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, iqtidorli talabalarni agentlikdagi vakant ish joylariga taklif qilishdi.