Ayol salomatligi – kelajak sog’ligi, jamiyat boyligi

Ayol salomatligi – kelajak sog’ligi, jamiyat boyligi

Toshkent moliya instituti Xotin-qizlar kengashi bilan Toshkent shahar Aholi reproduktiv salomatlik markazi o’rtasidagi 2021-2022-o’quv yilida amalga oshiriladigan Hamkorlik rejasiga ko’ra, 2021ғyil 14ғoktyabr kuni Iqtisodiyot fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Ayol salomatligi – kelajak sog’ligi, jamiyat boyligi” deb nomlangan hamda talaba-qizlarning reproduktiv salomatlik borasidagi bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash, ularning bu boradagi tibbiy madaniyati va saviyasini ko’tarishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi.
 

Davra suhbatiga taklif qilingan Toshkent shahar Aholi reproduktiv salomatlik markazi mutaxassisi, akusher-ginekolog Muqaddas Azimova reproduktiv salomatlik masalasiga to’xtalib, butun dunyoda reproduktiv salomatlik faqat tibbiy muammo emas, balki tibbiy-ijtimoiy, qolaversa, ijtimoiy-siyosiy muammo hisoblanishini, oila qurish yoshidagi qizlar va yigitlar o’rtasida mazkur yo’nalishdagi faoliyatni talab darajasida yo’lga qo’yish nafaqat ta’lim yoki sog’liqni saqlash tizimining vazifasi, qolaversa, davlat ijtimoiy siyosatining dolzarb yo’nalishlaridan biri ekanligini misollarda ta’kidladi.
 

Tadbirda ishtirok etgan institut psixologi Umida Abdulazizova esa oila qurish yoshidagi qizlar psixologiyasi borasidagi mazmunli suhbati va foydali tavsiyalari bilan tadbirning mazmunini yanada boyitdi.

 

 

 

 

 

12:47 / 2021-10-18
Success helper
Success warning