Toshkent moliya institutida “Balli, qizlar!” ko‘rik-tanlovining final bosqichi o‘tkazildi
2019-yil 2-mart kuni Toshkent moliya instituti Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda “Qizlarjon” klubi hamkorligida “Balli, qizlar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori Ulug‘bek O‘ktamovich Azizov ochib berdi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Farxod Muxamedov, innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Jasur Karimqulov, institut murabbiylar kengashi raisi Umurzoq Rajabov, Yoshlar Ittifoqining institutdagi boshlang‘ich tashkiloti raisi Kamol Maxmudov ishtirok etdilar. Shuningdek, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassisi, filologiya fanlari nomzodi Muhiba opa Sayyid Xasan qizi, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va soliqlar” kafedrasi professori Mutalova Dilorom Maxamadjanovna, Toshkent Davlat milliy raqs xoreografiya oliy maktabi “Xoreografiya” kafedrasi mudiri Abduxakimova Durdona Mamadjonovna, “Tamaddun nuri” jurnalining bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Munavvara Qurbonboeva, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti “Folklyor va etnografiya” kafedrasi professor-o‘qituvchisi Kurbanova Umida Shakirovna, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Farog‘at Xudoyqulova, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Ma’mura Zohidova, institutning faxriy pedagog xodimlari Abdullaeva Sharbat Zulfikarovna, Azimbayeva Ra’no Yuldashevna, Kasimova Gulyora Axmatovna, To‘laganova Sevara tadbirning aziz mehmonlari bo‘ldilar, faol professor-o‘qituvchilar va institut talabalari ko‘rik-tanlov ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlab turdilar.
Ko‘rik-tanlovda “Qizlarjon” klubining faol a’zolari ishtirok etib, tanlov shartlari bo‘yicha bellashdilar, she’r, qo‘shiq, raqs va sahna ko‘rinishlarini namoyish qildilar. Atoqli shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan ishtirokchilar shoiraning she’rlaridan namunalar o‘qib berib, tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldilar. Tanlovda “Moliya” fakulteti MM-95 guruh talabasi Raximjonova Nazokat Vohid qizi 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘ringa “G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari” fakulteti DBG‘I-70 guruh talabasi Matkarimova Aziza Axmedjanovna va “Bank ishi” fakulteti KBI-73i guruh talabasi Fayziyeva Zarina Erkin qizi sazovor bo‘ldilar. 3-o‘rin esa “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti SS-70 guruh talabasi Shermatova Shaxlo Ismoiljon qizi, “Menejment” fakulteti MKT(BXA)-70 guruh talabasi Zohidova Saodat Vohid qizi hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti XBA-71 guruh talabasi Mirvaliyeva Moxinur Doniyor qiziga nasib qildi. Shuningdek, ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandilar: N.Raximjonova “Institut malikasi” bo‘ldi, A.Matkarimova –“Eng zukko qiz”, Z.Fayziyeva “Eng mahoratli qiz”, Sh.Shermatova “Eng iste’dodli qiz”, S.Zohidova – “Eng maftunkor qiz”, M.Mirvaliyeva – “Eng ijodkor qiz” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarga institut rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari uning badiiy bezaklarga boy, ko‘rkam va mazmunli o‘tganligini e’tirof etdilar.
![]() |
|
![]() |
|
![]() |
|
![]() |
![]() |