Institut dotsenti Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida stajirovka oʻtamoqda

Institut dotsenti Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida stajirovka oʻtamoqda

Toshkent moliya instituti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumiga muvofiq, TMI Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Dilshod Aminovich Mirzayev mazkur xorijiy oliy taʼlim muassasada stajirovka oʻtamoqda. 

 

 

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti mutaxassislari tomonidan dotsent D.Mirzayevga BDIRU Axborot texnologiyalari institutida (ATI) oʻquv jarayonini tashkil etish va taʼlim sifatini boshqarish tizimi, AT fanlarini oʻqitish doirasida turli taʼlim shakllari talabalarini tayyorlashni tashkil etishda BDIRU ATIning xususiyatlari va imkoniyatlari, AT fanlarini oʻqitish doirasidagi ilmiy, ilmiy va uslubiy ish yoʻnalishlarini oʻrganishda amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini uslubiy taʼminlanishi, talabalarning bilimlarini baholash tizimi, kurs (loyiha) va bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash hamda oʻquv, texnologik va ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi, vazifalarini belgilash tartibi boʻyicha amaliy tanishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Xizmat safari davom etmoqda….

10:51 / 2023-05-15
Success helper
Success warning