“Biznes qiymatini baholash muammolari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi

“Biznes qiymatini baholash muammolari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi

2023-yil 6-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti “Baholash ishi va  investitsiyalar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida “HLB TASHKENT” kompaniyasi Bosh direktori Z.Z.Nigmanxanov tomonidan “Biznes qiymatini baholash muammolari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.

 

 

 

Soha mutaxassisi Z.Z.Nigmanxanov oʻz chiqishida baholash faoliyatini tartibga solish borasidagi qonunchilikdagi oʻzgarishlar, yagona milliy baholash standartiga kiritilayotgan oʻzgarishlar, biznesni baholashda qoʻllaniladigan yondoshuvlar, ularni amalda qoʻllash bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimi  toʻgʻrisida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

 

 

Seminar-trening davomida Z.Z.Nigmanxanov kafedra professor-oʻqituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi seminar-treyninglar oʻtkazilishi nazariya bilan amaliyot integratsiyasini taʼminlashga xizmat qilishini qayd etishdi.

 

 

23:45 / 2023-01-06
Success helper
Success warning