BIZNING CHEMPIONLAR!

BIZNING CHEMPIONLAR!


Joriy yilning 29-30-sentabr kunlari Armrestling sport turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar hamda harbiylar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi chempionati bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqada  Toshkent moliya instituti Armrestling terma jamoasi ham munosib ishtirok etib quyidagi natijalarni qayd etdi.
 


 

🥇Yaxshiboyev Baxrom – faxrli birinchi o'rin (Bank ishi fakulteti BI-50 guruh talabasi) ;

 

 🥈Toshpulotov Nodir  – faxrli ikkinchi o'rin (Moliya fakulteti MMT-81 guruh talabasi);

 

🥈Abduqaxxorov Oybek  – faxrli ikkinchi o'rin  (Soliqlar va sug‘urta fakulteti ST-81 guruh talabasi);

 

Shuningdek, KARATE-DO bo‘yicha 1-2 oktabr kunlari poytaxtimiz mezbonlik qilgan ikkinchi Osiyo kubogi musobaqasida Iqtisodiyot fakulteti I-50 guruh talabasi Shukurov Sherzodbek Osiyo kubogi chempioni bo‘lib yurtimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tardi

 

Mazkur sharafli g'alabalar bilan institutimiz jamoasi va  “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini tabriklaymiz!
 

20:39 / 2022-10-03
Success helper
Success warning