Bizning faxrimiz !

Bizning faxrimiz !

Joriy yilning 16-19-sentabr kunlari Toshkent shahrida sportning Karate WKF turi boʻyicha bolalar, oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi  boʻlib oʻtdi.

 

Quvonarlisi, mazkur musobaqada 18-21 yoshlar oʻrtasida yakka kumite-61 kg vaznda karate boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi, sport ustasi, “Bank ishi” fakulteti 3 bosqich BI-52 guruh talabasi  Qoʻchqorova Xusnidabonu faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.


Shu munosabat bilan Qoʻchqorova Xusnidabonu Xomidjon qizi va uning murabbiyi Karaboyev Qosimjon shuningdek, “Jismoniy tarbiya va sport” fani oʻqituvchisi Fahriddin Karimovni barcha institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va sportchimizning kelgusidagi faoliyatiga bundanda katta zafarlar tilaymiz !

 

 


TMI matbuot xizmati

12:09 / 2021-09-21
Success helper
Success warning