“Soliq ma’murchiligini amalga oshirishda raqamlashtirishning o‘rni” mavzusida master-klass
2023-yil 27-dekabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” uzluksizligini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tuman soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish sho‘basi boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Roziqov tomonidan “Qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish: amaliyot tahlili” mavzusida master-klass tashkil qilindi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan master-klass jonli muloqot ko‘rinishida o‘tkazildi hamda qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.