“Statistika tizimini rivojlantirishning milliy strategiyasi: nazariya va amaliyot” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

“Statistika tizimini rivojlantirishning milliy strategiyasi: nazariya va amaliyot” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

2023-yil 19-oktabr kuni  Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan “InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi  “Statistika tizimini rivojlantirishning milliy strategiyasi: nazariya va amaliyot” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 

 

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z.Ziyayev, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G‘oyibnazarov,  Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti tadqiqotchisi U.Tursunov hamda qator xalqaro va mahalliy mutaxassislar va olimlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ishtirokchilari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yuqori ruhda tashkil qilinganligini eʼtirof etishdi.

18:15 / 2023-10-19
Success helper
Success warning