Institut talabalari uchun master-klass shaklida maʼruza mashgʻuloti oʻtkazildi
Bugun, 13-may kuni Sirtqi fakulteti 5-kurs “Buxgalteriya hisobi va audit” taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun institut Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, iqtisod fanlari doktori, professor S.U.Mehmonov “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini Oʻzbekistonda joriy etish masalalari” mavzusida maʼruza darsini oʻtkazdi.
Professor dars jarayonida talabalarga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va sohada ushbu standartlardan foydalanish ahamiyati, shuningdek, mamlakatimizda mazkur xalqaro standartlarni tadbiq etilishi masalalari boʻyicha toʻliq maʼlumot berib oʻtdi.
Maʼruza darsi real, amaliy misollar va holatlar asosida oʻtkazilganligi bois tinglovchilarda katta taassurot va qiziqish uygʻotdi. Dars mashgʻuloti qizgʻin savol-javoblar asosida qiziqarli boʻlib oʻtdi.