"Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i" mavzusida ochiq maʼruza o‘tkazildi
Taʼlim sifatini oshirish doirasida 2023-yil 26-oktyabr kuni Qo‘shma fakultetning "Umumiy iqtisodiy fanlar" kafedrasi mudiri X. Zaripov tomonidan "Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i" mavzusida ochiq maʼruza o‘tkazildi.
Ochiq maʼruza darsida yuridik shaxslardan yer solig‘ini undirishning o‘ziga xos xususiyatlari amaliy maʼlumotlar asosida ochib berildi.
Ochiq maʼruza darsi taqdimot orqali talabalarini erkin muloqotga jalb qilish, shuningdek, ilgari surilgan muammolarni tahlil qilish yo‘nalishida olib borildi.
Ochiq maʼruza mavzusi muammoli-amaliy xarakterga ega bo‘lganligi bilan, talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.