Davlat stipendiyalari tanlovi – sovrindor bo‘lish uchun bir qadam!

Davlat stipendiyalari tanlovi – sovrindor bo‘lish uchun bir qadam!

 2020-yil 11-fevral kuni institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan 2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi, Navoiy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari sovrindorlari bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun ushbu tanlovlarda qatnashish istagida bo‘lgan institut iqtidorli talabalarining davra suhbati uyushtirildi.

 

 Ushbu davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sovrindori-Soliqlar va sug‘urta fakulteti, 4-kurs, ST-40 guruhi talabasi Maftuna Axmedova, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari - Bank ishi fakulteti, 4-kurs MKT (BI)-90 guruhi talabasi Shoxboz Ibodullaev, ushbu fakultetning 3-kurs, KBI-73i guruhi talabasi Malikaxon Xasanboeva, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori - Bank ishi fakulteti, 4-kurs, KBI-40 guruhi talabasi Muxammadali Maxamadjanov Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish tartibi va shartlari yuzasidan qiziqarli taqdimotlar namoyish etdilar.

 

 Institutning 50 nafardan ziyod eng bilimdon va qobiliyatli talaba-yoshlari ishtirok etgan mazkur tadbir ular tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

 

 

15:45 / 2020-02-12
Success helper
Success warning