Davlat bayrog‘i qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi
,,Byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti’’ BBI-90 guruh talabalari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’ining 30-yilligi qabul qilingan kun munosabati bilan Xalqlar Do’stligi san’at saroyi maydonida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishdi.
Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi. Bugun bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida mustaqil vatanimizni ifodalamoqda.