Davlat fuqarolik xizmati va oliy taʼlim oʻrtasida integratsiya kuchaytirilmoqda
Joriy yilning 6-dekabr kuni Toshkent moliya institutida davlat fuqarolik xizmati va oliy taʼlim oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish, bitiruvchi kurslarning eng salohiyatli talabalarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentli bilan hamkorlikda “Xalqchil davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yoʻl” shiori ostida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Dastlab sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida talabalarga tushuncha berildi. Shundan soʻng, davlat xizmatiga kirishning shaffof va adolatli tanlov tizimi, "Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi" haqida batafsil maʼlumot berildi.
Mazkur davra suhbati mazmunli va qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda tashkil etilganligi tadbir ishtirokchilari tomonidan eʼtirof etildi.