“Davlat xaridlari jarayonida korrupsion holatlarni oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi

“Davlat xaridlari jarayonida korrupsion holatlarni oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi


Joriy yilning 15-may kuni “Magistratura va kechki taʼlim” fakulteti “Davlat moliyaviy nazorati va auditi” 1-kurs DMNA-5 guruh talabalari uchun “Moliya” kafedrasi dotsenti, xarid boʻyicha bosh mutaxassis Turabov Sarvar Abdumalikovich tomonidan “Davlat sektorida ichki audit” fanidan “Davlat xaridlari jarayonida korrupsion holatlarni oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.











 

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens Nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.Darvishov, “Monitoring va ichki nazorat boʻlimi” boshligʻi I.Meliyev, “Menejment” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
 

S.Turabov tomonidan ochiq dars ishtirokchilariga davlat xaridlari boyicha asosiy tushunchalar, davlat xaridlarining tamoyillari, xaridlar jarayonining turlari va ularni tashkil etish qoidalari, bosqichlari shu bilan birga xaridlar jarayonida uchraydigan korrupsion holatlar, ularni oldini olish chora-tadbirlari togrisida maʼlumotlar toʻliq yoritilib berildi.
 

Ochiq dars davomida magistrantlar barcha qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar oldi. Ochiq dars qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

 

21:00 / 2023-05-15
Success helper
Success warning