“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tomonidan institut talaba-qizlari bilan davra suhbati oʻtkazildi

“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi tomonidan institut talaba-qizlari bilan davra suhbati oʻtkazildi

Institutning “Buxgalteriya hisobi” va “Iqtisodiy tahlil” kafedralari tomonidan 2021-yil 4-noyabr kuni Maʼnaviyat-maʼrifat haftaligi doirasida 3-sonli talabalar turar joyida “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga bagʻishlangan “Pandemiya sharoitida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, yosh avlodning sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi”  mavzusida institut talaba qizlari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
 

Davra suhbatini “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri prof. N. Rizayev ochib berdi. Maʼruza mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash kabi samarali ishlar amalga oshirib kelayotganligi haqida toʻxtalib oʻtdi. 








“Iqtisodiy tahlil” kafedrasi prof.v.b. Z.Sagdillayeva soʻzga chiqib, talaba qizlarning ilmiy faoliyatlarini rivojlantirish haqida, shuningdek, ularni ilmiy konferensiyalarda aktiv qatnashishlari toʻgʻrisida oʻz fikr va maslahatlarini bildirib oʻtdilar. Kafedra professor oʻqituvchilaridan O.Ochilov ham ularning fikrini davom ettirgan holda bu borada talabalarga oʻz maslahat va koʻrsatmalarini berib oʻtdilar.

Shundan soʻng kafedraning ayol prof-oʻqituvchilaridan dots. F.Qilicheva soʻzga chiqdi. F.Qilicheva asosan ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda xotin-qizlarimiz va ayollarimizga berilayotgan eʼtibor haqida toʻxtalib oʻtdi. Joriy yil Oliy Majlis Senatining 28-may kuni boʻlib oʻtgan oʻn beshinchi yalpi majlisida Oʻzbekistonda 2030-yilgacha boʻlgan davrda gender tengligiga erishish strategiyasi haqida fikr yuritdi. 





Shuningdek, kafedra prof-oʻqituvchilaridan N.Imamova fikrlarni davom ettirgan holda jamiyatimizda ayollarning oʻrniб shuningdekб gender tengligiga erishish strategiyasida belgilangan chora tadbirlar borasida  toʻxtalib oʻtdilar. Jumladan strategiyani amalga oshirish natijasida quyidagilar kutilmoqda:

-davlat organlarining yuqori va quyi boʻgʻinlarida ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti kengayadi;
-gender nomutanosibligi mavjud boʻlgan davlat organlarida vaqtinchalik kvota tizimini joriy etish orqali ayollar va erkaklarning teng vakilligi taʻminlanadi;

- aholi bandligini taʼminlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan ayollarni, ayniqsa, qishloqda yashovchi oilalardan chiqqan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligi oshadi;

- ish joyida ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularga nisbatan jamiyatda shakllangan salbiy munosabatlarga barham berish taʼminlanadi.



 

Davra suhbatida,  talaba qizlarning  muammolari tinglandi. Ular tomonidan taklif etilgan talaba qizlarga hamshiralarning biriktirilishi va intenet tarmogʻi bilan bogʻliq muammolar rahbariyatga yetkazilishi taʼkidlandi. Talaba qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli oʻtdi.

12:16 / 2021-11-06
Success helper
Success warning