Yosh rahbarlarda boshqaruv mahoratini hosil qilishning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
2022-yil 11-oktabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Yosh rahbarlarda boshqaruv mahoratini hosil qilishning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat doirasida kafedra dotsenti., PhD. Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan jadal va tub o‘zgarishlar natijasida professional yosh kadrlarga bo‘lgan talab ortib borayotganligi sababli yosh mutaxassislar jamoaga rahbarlik qilishda boshqaruv sohasida yetarli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishligi lozimligi to’g’risida so‘z yuritdi.
Shuningdek, davlatimizning ravnaqi, uning kuchi hamda salohiyati ko‘p jihatdan xalq ma’naviyatining yuksakligi va pokligiga, ziyolilarimiz, yoshlarimizning intellektual savodxonligi, bilimdonligi, bunyodkorligi, tashabbuskorligi va vatanparvarligiga bog‘liq ekanligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Zero, o‘qimishli, bilimli, aql-zakovotli, ruhan bardam va jismonan baquvvat yoshlargina istiqlol va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘ta oladi, mamlakatni barqaror rivojlantirishga erishadi.