“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Toshkent moliya instituti Sirtqi fakultetida 2023-yil 12-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi hamda Sirtqi fakultet dekanati bilan hamkorlikda 1-kurs talabalari bilan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.


Tadbirda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.R.Darvishov, boʻlim Bosh mutaxassisi Sh.Bolibekov, Sirtqi fakultet dekani K.Urazaliyev, dekan oʻrinbosarlari va 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.



Tadbir davomida boʻlim boshligʻi S.R.Darvishov talabalarga bugungi kunda mamlakatimizning har bir jabhasida, jumladan, oliy taʼlim tizimida ham korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni koʻrish hamda uning xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan aniq va samarali chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, qabul jarayonlari shaffof va adolatli tarzda oʻtkazilmoqda, oʻquv jarayoni kredit-modul tizimiga oʻtkazilmoqda, oʻquv jarayoni bilan bogʻliq maʼmuriy ishlar (maʼlumotnomalar, shartnomalar, transkript berish) raqamlashtirilmoqda va ovoragarchilikni oldi olinmoqda.



Shu bilan birga, oʻquv jarayonida turli korrupsion holatlarning oldini olish boʻyicha profilaktik tushuntirish chora tadbirlari amalga oshirilayotganligini, yaqinda ushbu yoʻnalishda telegramm-bot ishga tushirilishini maʼlum qildi.


Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi amaldagi qonunchilik borasida maʼlumotlar berilib, talabalarning bu boradagi huquqiy savodxonligi muhim ekanligi taʼkidlandi. Boʻlim boshligʻi S.R.Darvishov talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, ularning fikr mulohazalarini tingladi hamda savollariga javob berdi.

10:00 / 2023-04-13
Success helper
Success warning