“Teatr−tarbiya maskani” mavzusida davra suhbati

“Teatr−tarbiya maskani” mavzusida davra suhbati

 

Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi 24-noyabr kuni kafedra haftaligi doirasida “Teatr−tarbiya maskani” mavzusida davra suhbati tashkil etishdi. Davra suhbatida kafedra mudiri prof. Z.A.Sagdillayeva  hamda kafedra professor−o‘qituvchilari, O‘zbekiston davlat  drama  teatri  aktyori va rejissyori Baxodir Mirmaqsudov ishtirok etishdi.  













Suhbat davomida aktyor va rejissyor Baxodir Mirmaqsudov quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi. Tarbiya va ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi bilan ham muhim ahamiyatga egadir. Tadbir davomida ijodkor tomonidan turli xil asarlardan parchalar keltirildi.


Tadbir yakunida talabalar  o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga aktyor tomonidan tegishli javoblar olishdi.

18:16 / 2023-11-25
Success helper
Success warning