Bakalavr dissertatsiyasi ishi himoyalari amaliyot joylarida boʻlib oʻtmoqda

Bakalavr dissertatsiyasi ishi himoyalari amaliyot joylarida boʻlib oʻtmoqda

Bugun, 26-iyun 2022-2023- oʻquv yilida Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va gʻaznachilik”fakulteti “Elektron tijorat” yoʻnalishi mutaxassisligi boʻyicha bakalavr bitiruvchilarining malakaviy dissertatsiya ishlari himoyasi ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish maqsadida “IT PARK” amaliyot joyida boʻlib oʻtdi.

 

Mazkur jarayonda fakultet dekani R.Saidov boshchiligida “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Yo.Ilxamova, kafedraning oʻqituvchi xodimlari va talabalarning ilmiy rahbarlari ishtirok etishdi, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi “Raqamli texnologiyalar” vazirligi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” direktori oʻrinbosari Z.Shadmanov, Oʻzbekiston Respublikasi Statistika qoʻmitasi “Axborot texnologiyalari va tizimlari” kafedrasi mudiri, professor, akademik S.Gʻulomov, “TEXNODARGOH” MCHJ direktori T.Xujayevlar va bir qator ishlab chiqarish obyektlaridan mutaxassislar himoya jarayoniga tashrif buyurdilar.

19:39 / 2023-06-26
Success helper
Success warning