“O‘zbekinvest” kompaniyasida bitiruvchi kurs talabalarining diplom ishi himoyalari bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekinvest” kompaniyasida bitiruvchi kurs talabalarining diplom ishi himoyalari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 26-iyun “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasidagi filialida Toshkent moliya instituti “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishini tamomlayotgan bitiruvchi kurs talabalari diplom ishlarini himoya qildilar.

 

 

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisi, “Kafolat” sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.Sharobiddinov va boshqalar bitiruvchi talaba-yoshlarning diplom ishlariga ham institutdan, ham amaliyotdan maslahatchilar biriktirilganligi talabalarning diplom ishlarini nazariy va amaliy jihatdan sifatli va puxta tayyorlashda ko‘mak berganligini alohida ta’kidladilar.

 

 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, fan, ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash maqsadida Toshkent moliya instituti “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasida filiali tashkil etilgan.

 

 

 

Bitiruvchi kurs talabalari diplom ishlari himoyasining, aynan, kafedraning filialida tashkil etilayotganligi quvonarli, albatta. Shuni alohida qayd etish kerakki, o‘quv yili davomida Toshkent moliya instituti talabalari “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining kompaniyadagi filialida muntazam ravishda o‘tkazilayotgan amaliy dars mashg‘uotlarida ishtirok etib keladi. Bu o‘z navbatida, talabalarga institutda olgan nazariy bilimlarini amaliyot yutuqlari bilan hamohanglikda boyitish imkoniyatini beradi. Eng muhimi, kompaniya talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlashda ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

 

“O‘zbekinvest” kompaniyasida bitiruvchi kurs talabalarining diplom ishlari himoyasida yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari sifatida nafaqat, ushbu kompaniyaning tajribali mutaxassislari, balki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa sug‘urta kompaniyalari, jumladan, “Kafolat” hamda “Imkon sug‘urta” sug‘urta kompaniyalarining rahbar xodimlari ham ishtirok etdi.

 

Xulosa o‘rnida qayd etish zarurki, “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasida bo‘lib o‘tgan bitiruvchi kurs talabalarining diplom ishlari himoyasi ularning xotirasida bir umr saqlanib qolishiga shak-shubha yo‘q.

19:54 / 2023-06-26
Success helper
Success warning