Magistrlik dissertatsiya ishi himoyalari ishlab chiqarish obyektlarida tashkil etilmoqda

Magistrlik dissertatsiya ishi himoyalari ishlab chiqarish obyektlarida tashkil etilmoqda

 

Bugun, 29-may kuni 2022-2023 oʻquv yilida Toshkent moliya institutini tamomlayotgan magistratura bitiruvchilarining dissertatsiya ishlari himoyalariga start berildi.
 

Avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yil bitiruvchilarimizning dissertatsiya ishi himoyalari bevosita ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etilmoqda. Mazkur jarayon tajribada ilk marotaba boʻlayotganligi bilan ahamiyatlidir.



 

Institut Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.U.Mehmonov Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi, “Artel“ hamda ”Oʻzdonmahsulot” AK kabi qator ishlab chiqarish obe’ktlarida oʻtkazilayotgan bitiruvchilarning himoya jarayonlariga tashrif buyurdi. 













Prorektor tajribada ilk marotaba oʻtkazilayotgan bu kabi amaliy sa’y-harakatlar fan-ta’lim-ishlab chiqarish intergarsiyasini rivojlantirishda, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari bilan uzviy aloqalarni olib borishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab oʻtdi.









 

Eslatib oʻtamiz, joriy oʻquv yilida Toshkent moliya institutining bitiruvchilari soni ikki mingga yaqin.

 

16:00 / 2023-05-29
Success helper
Success warning