Tajribada ilk, amaliy natijaga ega saʼy-harakatlar
Xabar qilganimizdek, TMI bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiya ishi himoyalari ishlab chiqarish obyektlarida tashkil etilmoqda.
Institut moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori Sh.E.Sindarov bevosita 2022-2023 oʻquv yilida Toshkent moliya institutini tamomlayotgan magistratura bitiruvchilarining ishlab chiqarish obyektlarida dissertatsiya ishlari himoyalarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi, “Hamkorbank“ ATB, ”Kapital-Depozit“ investitsion kompaniyalariga tashrif buyurdi.
Prorektor bitiruvchilarning himoya ishlari aynan ishlab chiqarish obyektlarida tashkil etilayotgani tajribada ilk marotaba ekanligi, shuningdek, mazkur jarayon kadrlar buyurtmachilari uchun ham katta ahamiyat kasb etayotganini qayd etib oʻtdi.