Ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasi ta'minlanmoqda
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2023-yil 29-maydan boshlab Toshkent moliya instituti 70410401-“Davlat moliyasi va xalqaro moliya” mutaxassisligi bo'yicha 2022/2023 yil magistratura bitiruvchilarining dissertatsiya ishi himoyalari Shayxontohur tumani iqtisodiyot va moliya bo'limida tashkil etilmoqda.
Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor i.f.d., prof. A.Islamkulov va YaDAK a'zolari magistrlik dissertatsiya ishi himoyalarini daslabki kunida bevosita ishtirok etishdi. Ushbu jarayon ta'lim va amaliyot uyg'unligining isboti sifatida ilk marta noan'anaviy tarzda tashkil etilganligini ta'kidlash joiz.