Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi Toshkent shahar soliq boshqarmasida «Soliqchi – ko‘makchi» tamoyili asosida ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion hamkorlik uzluksizligini ta’minladi

Toshkent moliya institutida ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: «Soliqchi ko‘makchi» tamoyili asosida 70410201 – «Soliqlar va soliqqa tortish» magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs magistrantlarining magistrlik dissertatsiyasi himoyasi Toshkent shahar soliq boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik bitiruvchilarda soliqchi-iqtisodchi kasbiga bo‘lgan o‘ziga xos yondoshuvni, soliq sohasidagi innovatsion jarayonlarni tashkil etishda zaruriy sharoitlar yaratish, shuningdek, soliq tizimiga yangi turdagi dasturiy mahsulotlarni hamkorlikda ishlab chiqishga xizmat qiladi.

16:31 / 2023-05-31
Success helper
Success warning