Toshkent moliya instituti 2024-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul eʼlon qiladi

Toshkent moliya instituti 2024-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul eʼlon qiladi

 

Toshkent moliya instituti 2024 yilga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul eʼlon qiladi:

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tayanch doktorantura va doktoranturaga quyidagi hujjatlar topshirilishi so‘raladi:   

 

Tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar uchun: ariza, qisqacha biografik maʼlumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy taʼlim muassasasining magistratura va bakalavr diplomlari va uning ilovalari, nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (tayanch doktoranturaga kirish uchun talabgorlarda tanlangan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda kamida bitta ilmiy maqola va ikkita tezis) va ularning nusxalari, xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat, ilmiy rahbarning rozilik xati;

 

Doktoranturaga (DSc) talabgorlar uchun: ariza, qisqacha biografik maʼlumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy maʼlumot, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi, nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ikkita tezis), xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, ilmiy maslahatchining rozilik xati.

 

Eslatma: Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (http://phd.mininnovation.uz) veb sayt orqali ro‘yxatdan o‘tib joylashtiriladi. Hujjatlarning asl nusxalari yig‘majild shaklida institutning Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga topshirish mumkin.

 

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60A-uy, Toshkent moliya instituti, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.

 

Telefon: (99871) 235-41-83

 

E-mail: tmikon@tfi.uz

 

Hujjatlar 2023-yilning 15-sentyabridan 15-oktyabrigacha qabul qilinadi.

11:10 / 2023-09-09
Success helper
Success warning