Doktorantlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari start oldi

Doktorantlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari start oldi


Joriy yilning 14-fevralidan Toshkent moliya instituti doktorantlari, tayanch doktorantlari hamda maqsadli tayanch doktorantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari start oldi.











Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2022-yilning fevral-aprel oylarida institut “Obi-hayot” binosining 409-xonasida “Ilmiy tadqiqotlarda STATA dasturi asosida ekonometrik modellashtirish” va “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” kurslarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, jami 36 nafar doktorant, tayanch doktorant va maqsadli tayanch doktorantlarning ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Taʼkidlash joizki, ushbu o‘quv mashg‘ulotlaridan ko‘zlangan maqsad - O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktyabrdagi O‘RQ-576-son “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 19-iyuldagi 606-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2021 yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarishdir.











O‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning aprel oyigacha davom etadi.

 

02:14 / 2022-02-15
Success helper
Success warning