Talabalarga Markaziy depozitariy mutaxassisidan eVOTE-“Onlayn ovoz berish” loyihasi haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi”da “Iqtisodiyot” fakulteti IKM-60 guruhi talabalari hamda “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.Sherkuziyeva, Sh.Otaxonovalar ishtirokida sayyor dars tashkil etildi.
Korporativ moliya sohasining bo‘lajak mutaxassislari sayyor dars davomida Markaziy depozitariyning asosiy vazifalari va yaqin yillarga mo‘ljallangan kelgusidagi rivojlantirish rejalari to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-maydagi №263 sonli “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida"gi qarori bilan tashkil etilgan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritish va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakatining yagona tizimini ta’minlash borasidagi vazifalarning amaliyotiga guvoh bo’ldilar.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariy bosh mutaxassisi Shaxzod Sattorovning bergan ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda markaz mijozlarga keng miqyosdagi depozitarlik va konsultativ xizmatlarni ko‘rsatishi natijasida 594 ta korporativ qimmatli qog‘ozlar emitentlari, 9 ta investitsion fondlar, 49727 ta investitsion fondlar aksiyadorlari, 34 ta investitsion aktivlarni ishonchli boshqaruvchilar, 776225 ta deponentlar, 43 ta investitsion vositachilar tashkilotlari jamoasiga ega. Mezbon Markaziy depozitariy tomonidan 2020-yilning I choragida amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilayotgan eVOTE-“Onlayn ovoz berish” loyihasi haqida ham talabalarga ma’lumot yetkazdi.
Tashrif haqida qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi havola orqali ham olishingiz mumkin:
https://telegra.ph/Centralnyj-depozitarij-prinyal-studentov-02-28