«Toshkent» Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi maslaxatchisi, i.f.n., dots. V.D. Jurayev tomonidan Toshkent moliya instituti «Menejment» fakulteti M – 90, 91 I guruhlarida master – klass o‘tkazildi

«Toshkent» Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi maslaxatchisi, i.f.n., dots. V.D. Jurayev tomonidan Toshkent moliya instituti «Menejment» fakulteti M – 90, 91 I guruhlarida master – klass o‘tkazildi

Toshkent moliya instituti «Menejment va marketing» kafedrasi va «Toshkent» Respublika Fond birjasi hamkorligi asosida 2019-yilning 3-aprelida Fond birjasi boshqaruv raisining maslaxatchisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Djurayev Valeriy Dadajanovichning «Fond birjasida elektron savdo» mavzusida Menejment yunalishi III bosqich M-90, 91 I guruhlari talabalariga master klass darsi o‘tkazildi.

Ma’ruzachi i.f.n., dots. Djurayev V.D. «Toshkent» Respublika Fond birjasida elektron savdoni qanday tashkil etilgani, unda Janubiy Koreya birjasining amaliy yordamini va uning an’anaviy birja savdolaridan farqi haqida talabalarga so‘zlab berdi. Hamda, fond birjasida savdo tizimi strukturasining aksiya bozorida «Stock Market», obligatsiyalar bozorida «Bond Market» va qimmatli qog‘ozlar bozorida «FCT Market» savdo tizimini talabalarga qanday o‘tkazilishini tarqatma materiallar va misollar orqali tushuntirib berdi. Ma’ruzachi fond bozorida talabalar ham 10.00 dan 16.00 gacha birjadan tashqaridagi istalgan joyda savdo qatnashchilariga aylanishi mumkinligini ma’ruza yakunida aytib o‘tdi. Ma’ruza so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi tolaqonli javob berdi. 

15:38 / 2021-01-06
Success helper
Success warning