“Eng yaxshi maqola” tanlovi ishtirokchilari taqdirlandi

“Eng yaxshi maqola” tanlovi ishtirokchilari taqdirlandi

    2019-yil oktyabr-noyabr oylarida respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “O’zbekiston yoshlari buzg’unchi g’oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” tanlovi o’tkazildi.

 

    Ushbu tanlovning institut bosqichida 17 nafar iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan Byudjet hisobi va g’aznachilik fakultetining 3-kurs talabasi Mahamadaliyeva Mahliyaxonning maqolasi 1-o’ringa, Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining 3-kurs talabasi Qodirov Shokirjonning maqolasi 2-o’ringa munosib deb topilib, tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi.

 

    2019-yil 27-noyabr kuni bo’lib o’tgan institut Kengashida tanlovning barcha ishtirokchilari institut rektorining diplomlari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

 

    Taqdirlash jarayonidan lavhalar:

 

 

18:44 / 2019-11-29
Success helper
Success warning