Erasmus+ haftaligi doirasida muhim amaliy tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 13-may kuni Toshkent moliya institutida “Erasmus+ opportunities for institutional cooperation” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda Toshkent moliya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A. Islamkulov, Erasmus+ Milliy ofisi vakili G. Karlibayeva, Erasmus+ CBHE dasturi ishtirokchilari, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishdi.
Taʼkidlash joizki, mazkur seminar-trening amaliy natijalarga boy boʻldi. Xususan, Erasmus+ Milliy ofisi vakili G. Karlibayeva dastur doirasida umumiy tushunchalarni bergan boʻlsa, L.Muradova Jean Monnet "Erasmus Module on European Studies in Business, Economics and Finance" project, J. Karimov Impact of CBHE “ITEM: Innovative Teaching Education in Mathematics” project, A.Bobojonov Implementation of CBHE “HIEDTEC: Modernisation of higher education in Central Asia through new technologies” loyihalari va ularni tashkiliy masalalari haqida tinglovchilarga batafsil maʼlumotlarni taqdim etdilar.
Uchrashuv juda saviyali hamda amaliy tarzda boʻlib oʻtdi. Institut professor-oʻqituvchilari mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishdi hamda yetarlicha javoblarni oldilar.