Oliy ta'limda fan va ishlab chiqarish integratsiyasi amalda
Institutda nazariya va amaliyot uyg’unligini ta’minlash maqsadida korxonalar bilan hamkorlik o’rnatish yuzasidan zamonaviy, innovatsion tarzda rivojlanayotgan «TEXNOPARK» MChJda “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari uchun “Menejment va marketing” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan 1-noyabr kuni sayyor dars mashg’ulotlari tashkil etildi.
Mazkur amaliyot darslari 2021-yilning may oyida Toshkent moliya instituti hamda «TEXNOPARK» MChJ o’rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilib, IM-10, IM-60,61-akademguruh talabalari “Ishlab chiqarish menejmenti” hamda “Menejment” fanlari doirasida “Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish” mavzusi yuzasidan mutaxassislar tomonidan «TEXNOPARK» korxonasining faoliyati bilan yaqindan tanishtirildilar va kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Shuningdek, sayyor dars davomida talabalar «TEXNOPARK» MChJ import o'rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari va maishiy texnika ishlab chiqarish hamda yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida tashkil etilganligini va bugungi kunda korxona hududida elektron gaz hisoblagichlar, maishiy sovutgichlar, liftlar va eskalatorlar, suv nasoslari, eshik va deraza romlari uchun furnitura va aksessuarlar, kir yuvish mashinalari kabi 12 turdan ortiq ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilganligini guvohi bo’ldilar.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda «TEXNOPARK» MChJda Toshkent moliya institutining 41 nafar bitiruvchilari tirli xil soha va lavozimlarda o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Memorandum kelgusida institut va korxona o'rtasida ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga va kadrlar iste’molchilari ehtiyojlarini qondirishda xizmat qilishiga ishonamiz.