TMI rektori Teshabayev To‘lqin Zakirovichga “Faxriy professor” ilmiy unvoni berildi!

TMI rektori Teshabayev To‘lqin Zakirovichga “Faxriy professor” ilmiy unvoni berildi!

Toshkent moliya instituti rektori Teshabayev To‘lqin Zakirovich Tojikiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va 2022-2026 yillar “Sanoat yillari” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mamlakatni jadal sanoatlashtirish sharoitida qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada ishtirok etdi.

 

Mazkur nufuzli tadbir doirasida iqtisod-moliya sohasida raqobatbardosh, yetuk kadrlarni tayyorlash borasida qo‘shgan ulkan hissasi uchun Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti Ilmiy Kengashi qarori bilan institutimiz rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Teshabayev To‘lqin Zakirovichga “Faxriy professor” ilmiy unvoni berildi.

 

Institutimiz jamoasi ushbu unvon bilan samimiy qutlaydi hamda ulkan yutuqlar tilaydi.

11:39 / 2022-05-30
Success helper
Success warning