Mutaxassislardan “Fond bozori: nazariya va amaliyot” darslari
3-noyabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi taklifiga binoan Respublika fond birjasi mutaxassislari “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari uchun seminar-trening tashkil etdilar.
Toshkent RFB “Listing va emitentlar bilan ishlash bo’limi” boshlig’i Guljahon G'aniyeva hamda “Birja a’zolari va aksiyadorlari bilan ishlash bo’limi” bosh mutaxassisi Lobar Bo’riyeva ishtirokida o’tkazilgan dars “Fond bozori: nazariya va amaliyot” mavzusida o’tkazildi.
Mutaxassislar fond bozorida listing jarayoni, market-meyker va anderrayterlik faoliyati bo’yicha talabalarga ma’lumot ulashdilar. O’z navbatida birja faoliyatiga qiziquvchi talabalardan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan berilgan litsenziya va tizim mutaxassisi sifatida ishlash uchun talab etiladigan malaka sertifikatini olish tartibi bo’yicha savollar berildi. 2014-yilning 12-sentyabr sanasida qabul qilingan “Birja va birja faoliyati” to‘g‘risidagi qonun yuqorida qayd etilgan savollarning yechimi sifatida Respublika fond birjasi mutaxassislari tomonidan tavsif etildi.