“Barqaror universitetlar innovatsiyasi, ta’siri va kelajak yo‘nalishlari” mavzusida nufuzli ikkinchi xalqaro iqtidorli talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda

“Barqaror universitetlar innovatsiyasi, ta’siri va kelajak yo‘nalishlari” mavzusida nufuzli ikkinchi xalqaro iqtidorli talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda

 

Ayni kunlarda Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro davlat universiteti hamda GreenMetric Jahon universitetlari reytingi agentligi tomonidan “Barqaror universitetlar innovatsiyasi, ta’siri va kelajak yo‘nalishlari” mavzusida nufuzli ikkinchi xalqaro iqtidorli talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

 

 

 

Forumda UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingi agentligi raisi Prof. Riri Fitri Sari, Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi H.E. Prof. Dr. H. Sunaryo Kartadinata, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti prorektori Dr. Slawomir Wroblewski, shuningdek, Indoneziya, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Pokistondan va boshqa 10 dan ortiq davlatlardan  spikerlar, iqtidorli talabalar tashrif buyurgan.

 

 

 

 

 

 

 

Forumning 2-kunida institutimizning talabalari o‘zining loyiha va g‘oyalari bilan faol ishtirok etishdi, xususan, Xodjaraxmanova Nazira va Yaxshiliqov Javlon o‘zining "AI Tree counter" loyihasini butun jahon ommasiga taqdim etdilar va ushbu loyiha ekspertlar tomonidan e’tirof etildi.

12:24 / 2023-11-25
Success helper
Success warning