Avstriyaning Klagenfurt universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisliklarida magistratura bosqichi uchun taʼlim grantlari ajratilganini eʼlon qiladi

Avstriyaning Klagenfurt universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisliklarida magistratura bosqichi uchun taʼlim grantlari ajratilganini eʼlon qiladi


Avstriyaning Klagenfurt universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisliklarida magistratura bosqichi uchun taʼlim grantlari ajratilganini eʼlon qiladi. 

Oʻqish 2024/2025-oʻquv yili (oktyabr oyi)dan boshlanadi. 

Mazkur grantlarga nomzodlar Avstriya taʼlim va xalqarolashtirish agentligi (“OeAD”) va Klagenfurt universiteti tomonidan ochiq tanlov asosida tanlab olinadi. 

Talabgorlar hujjatlarini joriy yil 4-fevralga qadar xorij tomoniga onlayn shaklda topshirishlari lozim. 
Grant haqida batafsil ma’lumot va kerakli hujjatlar uchun:  


https://www.aau.at/en/study/student-life/scholarships-grants/apply-for-a-technology-scholarship/  
 
Ma’lumot uchun: Avstriya taʼlim va xalqarolashtirish agentligi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun eʼlon qilingan grantlar dasturi va uning doirasidagi ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot www.grants.at saytida keltirilgan.

 

12:12 / 2024-01-17
Success helper
Success warning