10 nafar talabamiz ATB “Hamkorbank” stipendiyasi sohibiga aylandi

10 nafar talabamiz ATB “Hamkorbank” stipendiyasi sohibiga aylandi

Toshkent moliya instituti va ATB “Hamkorbank” oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida talabalarning amaliyotini tashkil etish, bankka zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar zaхirasini tayyorlash borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

 

Joriy yilning 4-5-oktabr kunlari ATB “Hamkorbank” vakillari tomonidan institut talabalarini bankda amaliyot oʻtashi va ishga jalb etish yuzasidan tanlov oʻtkazildi. 

 

Mazkur tanlov natijasiga koʻra, institutning 104 nafar talabalari bankda amaliyot oʻtash va ishga jalb etish uchun tavsiya etildi hamda eng yuqori koʻrsatkich qayd etgan 10 nafar talabaga «Hamkorbank stipendiyasi» sertifikatlari topshirildi.

 

 

TMI axborot xizmati

09:00 / 2022-12-07
Success helper
Success warning