Vengriya Respublikasi Neyman universiteti (Neumann University) Yevrosiyo markazi delegatsiyasi vakillari Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 18-may kuni Toshkent moliya institutiga Neyman universiteti (Neumann University) Yevrosiyo markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rektori T.Teshabayev boshchiligidagi rahbar-xodimlar, shuningdek, Yevrosiyo markazi asoschisi Levente Xovarts, ushbu markaz tahlilchilari Sandor Seremet hamda Sabolsk Vereslar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida delegatsiya aʼzolari institut rahbariyati bilan kelgusida Neyman universiteti (Neumann University) Yevrosiyo markazi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashib, tomonlar o‘rtasidagi istiqboldagi taʼlim va ilmiy jarayondagi amaliy faoliyatlarni tashkil etish kabi muhim masalalar muhokama etildi.