Toshkent moliya instituti va Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili bilan hamkorlik aloqalari muhokama etildi
2022-yil 7-fevral kuni Toshkent moliya institutida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo’yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasining ta’lim va ijtimoiy masalalar bo’yicha maslahatchisi janob Simon Krechmer va institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori i.f.d., dotsent A.Islamkulov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbar-xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida institut o‘quv jarayoniga Germaniya Federativ Respublikasidan professor-o’qituvchilarni jalb etish, mazkur xorijiy davlat hukumati tomonidan e’lon qilinadigan grantlarda institut vakillarining ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, o’tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va yozgi maktablarda Germaniyalik yetakchi mutaxassislar ishtirokini ta’minlash, institut tomonidan bajariladigan fundamental va amaliy grantlariga Germaniya oliy ta’lim muassalaridagi malakali mutaxassislarni expert sifatida jalb qilish masalalari muhokama etildi va ushbu yo’nalishlarda aniq natijalarga erishish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
Germaniya Hukumati tomonidan e’lon qilinadigan barcha grant dasturlari haqida quyidagi saytlar orqali to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin:
www.funding-guide.de