“Belarus va Oʻzbekiston qoʻshma taʼlim dasturlari: natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi
Xabar qilganimizdek, rektor T.Z.Teshabayev boshchiligidagi institut delegatsiyasi taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Belarus Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.
18-noyabr kuni Toshkent moliya instituti rektori T.Z.Teshabayev hamda Polotsk davlat universiteti rektori Yu.Ya.Romanovskiy oʻrtasida ikki oliy taʼlim muassasasi qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat soʻngida oliygohlar oʻrtasida bakalavriat qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha yangilangan shartnoma imzolandi.
Mazkur shartnoma hamkorlik samarasini yanada oshirishga xizmat qiladi.