Sugʻurta kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

Sugʻurta kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan sugʻurta sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sugʻurta xizmatlari bozorini rivojlantirish, tarmoqqa raqamli texnologiyalarni izchil joriy etish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayapti.

 

Natijada bozorda zamonaviy va sifatli sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishga qodir yangi sugʻurta kompaniyalari oʻz faoliyatlarini yoʻlga qoʻymoqda. Ana shunday kompaniyalardan biri – “SEMURG INSURANCE” sugʻurta kompaniyasi hisoblanadi. Sugʻurta kompaniyasining samarali va muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatishi koʻp jihatdan yuqori malakali va kreativ fikrlaydigan kadrlarga bogʻliq.








Toshkent moliya instituti bilan koʻp tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish, talaba-yoshlarni sugʻurta sohasiga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish va ularni ish bilan taʼminlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida, 2022-yil 15-mart kuni institutimizga “SEMURG INSURANCE” sugʻurta kompaniyasi bosh direktori oʻrinbosari N.Muxammadiyev boshchiligida masʼul xodimlar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida kompaniya vakillari sugʻurta faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yosh kadrlarga berilayotgan eʼtibor masalalariga atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Jonli muloqot tarzida oʻtgan ushbu uchrashuvda talabalar tomonidan “SEMURG INSURANCE” sugʻurta kompaniyasi vakillariga savollar berildi va malakali javoblar olindi.








Tadbirda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori A.Islamkulov, Soliqlar va sugʻurta fakulteti dekani L.Zoyirov, marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Oʻ.Doʻsboyev hamda “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, “Sugʻurta ishi” taʼlim yoʻnalishida taʼlim olayotgan 2-3- kurs talabalar ishtirok etishdi.


17:27 / 2022-03-17
Success helper
Success warning