Toshkent moliya instituti hamda ATB Tenge Bank oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi
Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent moliya instituti va ATB Tenge Bank oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
Tadbirda rektor T.Teshabayev, Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor Sh.Sindarov, ATB Tenge Bank Boshqaruv raisi T.Ayupov, Bankning boshqaruv raisi oʻrinbosari U.Tavakkalov ishtirok etdi.
Mazkur Memorandum Bankning malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan taʻlim va ilm-fan sohasida innovatsion hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishdan iboratdir.
Taʻkidlash joizki, bugungi kunda Toshkent moliya institutida ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, talabalar bandligini taʻminlash borasida koʻplab amaliy hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda.
TMI axborot xizmati