“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, Jonajon O‘zbekistonim” mavzusida tadbir uyushtirildi

“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, Jonajon O‘zbekistonim” mavzusida tadbir uyushtirildi

Joriy yilning 17 mart sanasida Toshkent moliya instituti Madaniyat va sanʼat bo‘limi tomonidan Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasida 5 muhim tashabbus doirasida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, Jonajon O‘zbekistonim” mavzusida tadbir uyushtirildi.

Ushbu tadbirda institutimiz Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi boshlig‘i O‘.Narbayev, Madaniyat va sanʼat bo‘limi boshlig‘i, shoir Bobur Bobomurod, bo‘lim bosh mutaxassisi, “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Niyozali Ortiqmatov, ansambl ishtirokchilari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, fakultet tyutorlari, talaba-yoshlari hamda estrada xonandasi Kumushxonim ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

 

Tadbir davomida sho‘x-shodon qo‘shiqlar ijro etildi. Yig‘ilgan tomoshabinlar va talaba-yoshlar sho‘x kuy-qo‘shiqlarga raqslarga tushib, tadbirga o‘zgacha tarovat baxsh etdi.

08:33 / 2023-03-19
Success helper
Success warning