“Bank ishi” fakulteti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi fakultet kengashi faollari tomonidan tashkil etilgan xayriya xashari

“Bank ishi” fakulteti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi fakultet kengashi faollari tomonidan tashkil etilgan xayriya xashari

 2019-yil 27-oktyabr sanasida “Bank ishi” fakulteti Yoshlar ittifoqi Kengashi hamda fakultet talabalar kengashi a’zolari tashabbusi bilan Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” qabristonida xayriya hashari tashkil etildi.

 

 Bu o‘tkazilgan xayriya hasharida fakultet talabalar kengashi a’zolari, Yoshlar ittifoqi faollari hamda tashabbuskor talabalar ishtirok etdilar. Hasharchilar “Minor” qabristoni hududini obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

 

 O‘tkazilgan hashar talabalarda o‘tganlarni yod etish bilan bir qatorda muqaddas qadamjolarga bo‘lgan hurmat ruhini uyg‘otishi bilan boshqa tadbirlardan ajralib turdi. Bundan tashqari talabalar o’rtasida hamjixatlikni oshirgan hashardan ishtirokchilarning barchalari mamnun bo‘ldilar.

 

 

09:24 / 2019-10-31
Success helper
Success warning