Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi
2023-yilning 18-mart kuni “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari Toshkent moliya institutida ham uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, bugun barcha professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlardan iborat jamoa tomonida institut hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilib, manzarali va mevali daraxtlar, gullar, qalamchalar ekildi. Koʻp yillik daraxt va koʻchatlar oqlanib yerlar yumshatildi, toʻsiqlar oqlanib chiqindilardan tozalandi.
Shuningdek,Yunusobod tumanidagi Katta Xasanboy, Xasanboy, Buyuk Turon, Matonat MFY hududlarida institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar jamoasi va institutning faol hamda tashabbuskor bir guruh tyutor va talaba-yoshlari tomonidan 816 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.