Hayotni sug‘urta qilish zarurmi?

Hayotni sug‘urta qilish zarurmi?


Joriy yil 13-mart kuni “Kafolat Hayot Insurance” sug‘urta kompaniyasining sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti bosh menejeri I.Abdurasulov tomonidan Soliqlar va sug‘urta fakultetining 3-kurs SS-80, SS-81 guruhi talabalari uchun “Hayotni sug‘urtalash zarurmi?” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
 

Amaliyotchi mutaxassis mahorat darsi davomida “Kafolat Hayot Insurance” sug‘urta kompaniyasining faoliyat yo‘nalishlari, xususan, kompaniya tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etilayotgan sug‘urta xizmat turlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
 

Amaliyotdagi muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va yechimini topishga bag‘ishlangan mazkur mahorat darsida talaba-yoshlar bilan bir qatorda “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.
 

I.Iskandarov mahorat darsi yakunida talabalar kelajakda o‘z sohasining yetuk va bilimdon mutaxassisi bo‘lishi uchun tinimsiz izlanishlari, ustozlaridan ta’lim va tarbiya olishlari zarurligiga alohida e’ibor qaratdi.

09:34 / 2023-03-15
Success helper
Success warning