"HEMIS"ning yangi imkoniyatlari va undan foydalanish boʻyicha muhim maʼlumotlar boʻyicha amaliy seminar-trening tashkil etildi

"HEMIS"ning yangi imkoniyatlari va undan foydalanish boʻyicha muhim maʼlumotlar boʻyicha amaliy seminar-trening tashkil etildi

2023-yil 4-yanvar kuni institut professor – oʻqituvchilari uchun “Taʻlimning kredit tizimini boshqarish boʻlimi” xodimlari tomonidan oʻquv -amaliy seminari oʻtkazildi.

 

Seminarda boʻlim xodimlari institutimiz professor-oʻqituvchilarga "HEMIS"ning yangi imkoniyatlari va undan foydalanish boʻyicha muhim maʻlumotlarni berdilar.

 

 

Oʻquv-amaliy seminari interaktiv tarzda tashkil etildi. Unda professor-oʻqituvchilar ham faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan, faoliyatlarida duch keladigan masalalar boʻyicha savollar bilan murojaat qildilar. Taʻlimning kredit tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari berilgan savollarga atroflicha toʻxtalib oʻtdilar va bevosita "HEMIS"dan bu masalalarga oid misollarni koʻrsatib berdilar.

 

 

Oʻquv seminari professor-oʻqituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, 2-marta, kunning birinchi (soat 11:00) da va  ikkinchi yarmida(14:30)   tashkil etildi.

 

Professor-oʻqituvchilarimizning oʻquv seminaridan olgan bilimlari institutimizda taʻlim tizimini sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

00:02 / 2023-01-05
Success helper
Success warning